Karavan GO Ilovani olish

Shovot tumani, Xorazm

Issiq taom — eshigingizgacha

Shovotdagi restoranlardan bir necha bosishda buyurtma bering. Yetkazish narxi manzilingizga qarab oldindan ko'rinadi, pulni taomni olganingizda naqd to'laysiz.

Yetkazish narxi restorandan manzilingizgacha bo'lgan yo'lga qarab hisoblanadi

Buyurtma uch qadamda

  1. Ilovaning bosh sahifasi: ochiq restoranlar ro'yxati va yetkazish narxi

    Manzilni belgilang

    Joylashuvingizni bering yoki xaritada nuqtani tanlang. Shu manzil uchun har bir restoranning yetkazish narxi va vaqti darhol chiqadi.

  2. Restoran menyusi: shashlik va milliy taomlar narxlari bilan

    Taomni tanlang

    Restoran menyusidan taomlarni savatga qo'shing. Restoranga izoh qoldirish mumkin: piyozsiz, achchiq qalampir alohida.

  3. Buyurtmani rasmiylashtirish: manzil, naqd to'lov va yakuniy summa

    Eshikda kutib oling

    Restoran taomni tayyorlaydi, kuryer olib keladi. Buyurtma qayerdaligini ilovada kuzatib turasiz, to'lov — kuryerga naqd.

Yashirin to'lovsiz

Narx oldindan ko'rinadi
Yetkazish narxi masofaga qarab hisoblanadi va buyurtma berishdan oldin ekranda turadi. Savatdagi summa — siz to'laydigan summa.
Naqd to'lov
Karta shart emas. Taomni olganingizda kuryerga to'laysiz. Click va Payme tez orada qo'shiladi.
Faqat telefon raqami
Ro'yxatdan o'tish uchun parol kerak emas: raqamingizga SMS kod keladi.
Buyurtma ko'z oldingizda
Restoran qabul qildi, tayyorlayapti, kuryer yo'lda — har bir holat ilovada va bildirishnomada.

Restoraningiz Shovot bo'ylab yetkazsin

Kuryer yollash, buyurtma qabul qiladigan operator yoki sayt kerak emas. Karavan GO buyurtmani olib keladi, kuryer topadi va mijozga yetkazadi.

  • Yangi buyurtma Biznes ilovasida va Telegram'da ovozli signal bilan keladi
  • Menyu, narx va ish vaqtini o'zingiz boshqarasiz; tugagan taomni bir bosishda yashirasiz
  • Kunlik hisobot: nechta buyurtma, qancha savdo, qancha komissiya
  • Komissiya faqat yetkazilgan buyurtmadan olinadi
Savat ekrani: taomlar, yetkazish narxi va jami summa

Kuryer bo'ling — o'zingizga qulay vaqtda

Velosiped, skuter yoki mashinangiz bo'lsa, Shovot ichida yetkazib bering. Ishga chiqish va to'xtash vaqtini o'zingiz tanlaysiz.

  • Eng yaqin buyurtma ilovaga taklif bo'lib keladi — qabul qilasiz yoki o'tkazib yuborasiz
  • Har bir yetkazish uchun haq masofaga qarab, oldindan ko'rinadi
  • Kunlik daromad ilovada hisoblanib turadi
Qo'ng'iroq qiling: +998 90 078 38 27

Ko'p beriladigan savollar

Qaysi hududlarga yetkazasiz?

Hozircha Shovot tumani bo'ylab. Manzilni ilovada belgilaganingizda yetkazish mumkinmi-yo'qmi darhol ko'rinadi.

Yetkazish qancha turadi?

Narx restorandan manzilingizgacha bo'lgan yo'lga qarab hisoblanadi: yaqin bo'lsa arzonroq, uzoq bo'lsa qimmatroq. Aniq summa buyurtma berishdan oldin ilovada ko'rinadi.

Qancha vaqtda yetkaziladi?

Odatda 30–45 daqiqada. Ilova restoranning tayyorlash vaqti va yo'lni hisobga olib, taxminiy vaqtni buyurtma oldidan ko'rsatadi.

Qanday to'layman?

Taomni olganingizda kuryerga naqd. Karta orqali to'lov (Click, Payme) keyinroq qo'shiladi.

Buyurtmani bekor qilsam bo'ladimi?

Restoran buyurtmani qabul qilguncha ilovaning o'zida bekor qilasiz. Keyin — qo'llab-quvvatlash xizmatiga yozing.

Akkauntimni qanday o'chiraman?

Ilovada: Profil → Akkauntni o'chirish. Batafsil: akkauntni o'chirish tartibi.

Karavan GO ilovasi

Ilova hozir Google Play'da tekshiruvdan o'tmoqda. Chiqishi bilan shu yerda havola paydo bo'ladi.

Tez oradaGoogle Play